14-Yanvar "Vatan himoyachilari" kuni
Dunyoda «Vatan» so'zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi, vatan himoyachisi bo‘lishdan ortiq shon-sharaf ham yo‘q. Mazkur tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo'lib, asrlar osha ajdodlarimiz o‘gitlarida, xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlarida yashab kelmoqda. Bu bayram — el-yurtga sadoqat bayrami. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining, kelajagi buyuk davlat barpo etayotgan 0‘zbekiston fuqarolarining tinch-osoyishta hayoti, bunyodkorlik yo'lidagi mehnati xavfsizligining kafolatidir. Bu yo'lda vatan himoyachilarining xizmati beqiyosdir. Shu munosabat bilan 13-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Vatan himoyachilari" kuniga bag'ishlab tadbir o'tkazildi.





