"Sehrli yangi yil"

Yangi yil barchamiz uchun orzu umidli, sehrli bayram ayniqsa bolajonlar uchun ertaknamo sarguzashtlarga boy, ezgu tilaklar bayrami. Har bir ta'lim tashkilotida bo'lgani kabi bizning 13-son DMTTmizda ham Yangi yil bayramiga katta tayyorgarlik ko'rildi. Bayram bolajonlar qalbida bir umr saqlanib qolishiga harakat qildik. Ota-onalarga bolajonlarga qulaylik yaratish maqsadida bayram tadbiri mahallamizdagi 1-son maishiy kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda ushbu maktabni tadbirlar zalida o'tkazildi. Sehrli Yangi yil ertagimizni hammaga tanish ertakchi boshlab berdi. Ertagimiz qahramonlari katta o'rmon ahli va mashhur ertak qahramonlari bo'lishdi. Ajoyib sahna dekoratsiyasi, to'g'ri tanlangan qahramonlar liboslari, rang-barang kuy qo'shiqlar, ertak qahramonlari o'rtasida sodir bo'lgan sarguzashtlarga boy voqealar barchasi bolajonlar va mehmonlarni hayratda qoldirdi. Bolajonlar  yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi ziddiyatlarda yaxshilik albatta g'alaba qozonishini, yomonlik ustidan faqat do'stlik va hamjihatlik g'alaba qozonishini bilib olishdi. Ertagimiz qahramonlari ertakchi, Qor malikasi, qizil qalpoqcha, bo'ri, buratino va uning do'stlari, ayyor tulki va mushuk, oppog'oy va gnomchalar, turli millat malikalari chiqishlari juda ishonchli va hayratlanarli bo'ldi. Ayniqsa bayramni qutqarish uchun kelgan Qorbobo va qorqiz tashrifi barchani quvontirdi. Bayramda hech bir kichkintoylarga Qorbob tomonidan sovg'alar ulashildi. Bayramga Yangibozor tumani maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi rahbari Abdrimova Gulshoda Atanazarovna, tumanimiz DMTT rahbarlari, 13-son DMTT kuzatuv kengashi a'zolari , ota-onalar mehmon bo'lishdi. Bayram so'ngida mehmonlar o'zlarining iliq fikrlari va bayram tabriklarini bildirishdi. Barcha guruh bolajonlari, tarbiyachilari, yordamchi tarbiyachilari, barcha xodimlar birgalikda "Sehrli yangi yil" ertagini tayyorladik. Ertagimiz barchaga manzur bo'ldi.