"Zamonamiz qirolichalari" ko'rik tanlovi

Go'zallik dunyoni qutqaradi deyishadi bu hayotdagi eng go'zal xilqat onalar, ayollar, qizlar bo'lsa kerak. Ularni madh etmagan shoir, tasvirlamagan musavvir bo'lmasa kerak. 13-son DMTT jamoasi ham har yilgi an'anasiga sodiq qolgan holda bu yil ham 2023-yil 7-mart sanasida "Xalqaro-xotin qizlar" bayrami munosabati bilan tarbiyalanuvchi qizaloqlar o'rtasida "Zamonamiz qirolichalari" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tanlovimiz qahramonlarini o'zimizning vatandoshlarimiz orasidan tanladik. Jamiyatda oilada o'z o'rniga ega.O'z kasbi,mehnati bilan nafaqat O'zbekistonda, balki dunyoda tanilgan tan olingan qahramon ayollarni tanladik. Qahramonlarimiz orasida o'zimizni qishloqdoshlarimiz ham bor. Tadbirimizda Yangibozor tumani maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi rahbari, tumanimizdagi MTT rahbarlari, 13-son DMTT kuzatuv kengashi a'zolari va ota -onalar mehmon bo'lishdi.Tadbir shartlari juda qiziqarli bo'lib o'tdi. Qahramonlarimiz: O'zbekiston xalq artisti mumtoz qo'shiqlar mohir ijrochisi Munojatxonim Yo'lchiyeva. Mashhur dunyo tanigan gimnastikachi Oksana Chusavitina, ularni hayot yo'li faoliyati davomidagi yutuqlari, ona sifatidagi qahramonliklari har birimiz uchum o'rnak bo'ldi desam mubolag'a bo'lmaydi. Oksana Chusavitina hayot yo'li haqida albatta o'qishingizni maslaxat beraman. Uchinchi qahramonimiz go'zal raqqosa, professor, "Gavharxonim "raqs ansambili rahbari Gavharxonim Matyaqubova. To'rtinchi qahramonimiz sharqona kuylar va estradani umumlashtirgan go'zal qo'shiqlar ijrochisi xalq artisti go'zal Nasibaxonim Abdullayeva. Beshinchi qahramonimiz xalqona go'zal sherlar mualifi Marxaboxonim Karimova. O'zbekistonda ularni she'rlari kirib bormagan xonadon bo'lmasa kerak. Oltinchi qahramonimiz hamqishlog'imiz respublika tanigan fermer, deputat Soliyajon Matyaqubova va nihoyat yettinchi qahramonimiz 13-sonli MTTda o'ttiz uch yil mehnat faoliyatini olib borgan juda ko'p bolajonlarni bog'cha opasiga aylangan Matyaqubova Gulnora. Qahramonlarimiz obrazini sahnaga olib chiqqan qizaloqlarimiz o'zlarini mahoratlari bilan kelgan barcha mehmonlarni lol qoldirdilar. Ular barcha shartlarda bir-biridan qolishmagan holda harakat qildilar, va tadbirimizda esda qolarli darajada go'zal chiqishlar qilishdi.